NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovatsion institutining talabalar turar joyida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ogohlik — davr talabi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, Sirtqi ta’lim bo’limi boshlig’i Sansizbay Kalmuratov, Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi Timur-Malik Adilov hamda talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

O‘tkazilgan mazkur davra suhbatida so‘nggi kunlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim jarayonida kuchli bilimga ega bo‘lish, talabalar turar joyi ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya qilish va texnika xavfsizligi haqida atroflicha to‘xtalib, talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar Talabalar turar joyi Nizomi bo‘yicha ichki tartib qoidalari bilan yana bir bor tanishtirib o‘tildi.

Shuningdek, “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni, odam savdosi, giyohvandlikni hamda firibgarlikni barvaqt oldini olish” va “Internet xavfsizligi” mavzularida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish