NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Rektor so'zi

Aziz va muhtaram institutimiz jamoasi, hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz talaba-yoshlar va mehmonlar! Nukus innovatsion institutining elektron hayoti veb-saytiga xush kelibsiz! Yangi O‘zbekistonda ulkan o‘zgarishlar yuz berayotgan, Uchinchi renessans poydevori yaratilayotgan tarixiy burilish davrida bir-birini mustahkam qo‘llab-quvvatlaydigan birdam jamoa, kelgusi avlodlar oldidagi ma’suliyatini teran his etadigan jonkuyar, bilimga chanqoq, tashabbuskor talabalar bir so‘z bilan aytganda ertangi kunimizning egalari bo‘lmish yoshlarning o‘rni g‘oyat beqiyosdir. Global axborot asrida yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan saqlash, ularning mediaimmunitetini shakllantirish va rivojlantirish, tahdidbardosh jamiyat barpo etishda media vositalarining ahamiyati baholab bo‘lmas darajada oshib bormoqda. Yangi davr institutimiz sayti faoliyatini tubdan qayta tashkil etishni kun tartibiga qo‘ymoqda. Bu yo‘nalishdagi ishlarimizni belgilab, qisqacha shuni qayd etishni istardim. Avvalo, axborot faoliyatini kengaytirish, institutning yagona kommunikatsion muhitini yaratish hamda O‘zbekistonda va global axborot maydonida o‘z nufuziga ega bo‘lishini ta’minlanlash, korporativ madaniyat yaratish kabi muhim vazifalarni bajarish yo‘lida ishlashimiz talab etiladi. Institutimiz ta’lim tizimida innovatsion g‘oyalar va elektron ta’lim resurslarini to‘ldirib borish, muvofiqlashtirish va ularni muntazam ravishda saytga joylashtirib borish ishlari olib borilmoqda. Institutimizda ta’lim tarbiya samaradorligini oshirishda elektron darsliklarning yangi avlodini yaratish, masofaviy ta’lim tizimini kengaytirish, boyitish muhim o‘rin tutadi. Shundan kelib chiqib, bu yo‘nalishdagi ishlarimizni yanada takomillashtirish talab etilmoqda. Institutning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro elektron aloqalarni tubdan qayta tashkil etishimiz zarur. Iqtidorli talabalar bilan ishlash, yosh olimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular tomonidan innovatsion g‘oyalar va loyihalarni ishlab chiqishni rag‘batlantirish faoliyatimizdagi asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lishi kerak. Buning uchun institut saytida maxsus rubrika ochib, unda yosh olimlar va talabalar tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion g‘oyalar va takliflarni tezkor o‘rganish, targ‘ib qilish, tizimli tahlil qilinib ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Institut saytida O‘zbekistonda va xalqaro maydonda ta’lim sohasida yuz bergan yangiliklar tezkor joylashtirilishi, institutimizning xalqaro aloqalariga, xorijdagi hamkorlarimizning ta’lim sohasidagi yutuqlariga taalluqli xabarlar muntazam yoritib borilishini tizimli yo‘lga qo‘yishimiz o‘ta muhimdir. Institut hayotiga oid muhim yangiliklar, qiziqarli xabarlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va sport musobaqalarini tezkor yoritishga ham saytda e’tibor qaratishimiz zarur. Bu ishlar talaba-yoshlarimizning qiziqishlaridan kelib chiqib hamda talabalarning ilmiy saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga, ma’naviy-ruhiy olamini boyitishga yo‘naltirilgan tarzda bo‘lishiga, erishish zarur. Institut saytini yangi rubrikalar bilan kengaytirish ham zamon talabidir. Institutning har bir fakulteti va kafedrasida elektron axborot-resurs markazi bilan hamkorlikda bu yo‘nalishda ishlashi talab etiladi. Oldimizda turgan vazifalarni bajarishda sizga g‘ayrat, kuch-quvvat tilayman. Institutimizda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi innovatsion muhit yaratishda, ta’lim va tarbiya sohasidagi faoliyatimiz samarali bo‘ladi deb ishonch bildiraman.

Ro‘yxatdan o‘tish