NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Bugun 11-yanvar kuni Nukus innovatsion institutida 14-yanvar — «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan talaba-yoshlarni vatanparvarlik tuyg’ularini yuksaltirish va ularning harbiy sohaga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida «Prokuror va yoshlar» uchrashuvi tashkil qilindi.

Tadbirda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, Nukus shahar harbiy prokurori o’rinbosari, Adliya polkovnigi Dauran Turumbayev, institut O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Duletbek Janabaev va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Nukus shahar harbiy prokurori o’z chiqishida Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlariga harbiy, huquqiy sohalar batafsil ma’lumot berib o’tdi. Shuningdek, Adliya polkovnigi Dauran Turumbayev qonunchilikda yoshlarga yaratib berilgan sharoitlar, axborotlardan to’g’ri foydalanish va ularni boshqarish borasida o’z tavsiyalarini berib o’tdi.

📱📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish