NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Bugun Nukus innovatsion instituti professor-o’qituvchilari, institut xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son farmoni (https://lex.uz/docs/6600413) “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining maqsad va vazifalari hamda uning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi «»O’zbekiston — 2030″ strategiyasi — yangi taraqqiyot strategiyasi demak!» mavzusida maxsus kurs, shuningdek, «Nukus innovatsion instituti ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar» mavzusida seminar-trening o’tkazildi.

Unda Innovatsion texnologiyalar va biznes fakulteti dekani Konisbay Bekimbetov, «Pedagogika, psixologiya va xorijiy tillar» kafedrasi mudiri, P.f.f.d (Phd), dotsent Maxsetbay Aytimbetov, «Boshlang’ich ta’lim va gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri Berdax Daumenov hamda institut xodimlari va professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Maxsus kursda «Moliya va buxgalteriya hisobi» kafedrasi mudiri, Biologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Jumamuratov Mirzamurat Ajimuratovich tomonidan yig’ilganlarga «»O’zbekiston — 2030″ strategiyasi — yangi taraqqiyot strategiyasi demak!», «Nukus innovatsion instituti ta’lim jarayonida me’yoriy hujjatlar» mavzularida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish