NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Kecha, 22-apreldan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasining chekka hududlaridagi yoshlarni institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Nukus innovatsion institutining targ’ibot tadbirlariga start berildi.

Unda institutimiz ma’muriyati vakilari, xodimlari ishtirok etishmoqda. Jumladan, Nukus innovatsion institutining O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov boshchiligidagi targ’ibot guruhi Amudaryo tumanida bo’lishdi.

Dastlab Amudaryo tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Yalg’ashboy Shomuradov bilan muzokalar o’tkazilib, hamkorlikda faoliyat olib borish bo’yicha kelishib olindi.

Shundan so’ng institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov hamda Matbuot xizmati rahbari Shuhrat Saidahmadov tomonidan Mang’it shahridagi eng yirik maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilariga institutimiz haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Nukus innovatsion institutining targ’ibot tadbirlari Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha shahar va tumanlari bo’ylab bugun ham davom etmoqda.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish