NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Bir muddat Qoraqalpog’iston Respublikasining chekka hududlaridagi yoshlarni institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Nukus innovatsion institutining targ’ibot tadbirlariga start berilgani haqida xabar bergan edik.

Unda institutimiz ma’muriyati vakillari, xodimlari ishtirok etishmoqda. Jumladan, Nukus innovatsion institutining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov boshchiligidagi targ’ibot guruhi eng chekka hududlardan biri hisoblangan Qo’ng’irot tumanida bo’lishdi.

Dastlab Qo’ng’irot tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazilib, hamkorlikda faoliyat olib borish bo’yicha kelishib olindi.

Shundan so’ng institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov hamda institut tyutori Serik Tabinbaev tomonidan Qo’ng’irot tumanidagi eng yirik maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilariga institutimiz haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Nukus innovatsion institutining targ’ibot tadbirlari Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha shahar va tumanlari bo’ylab bugun ham davom etmoqda.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish