NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Kecha, 22-apreldan boshlab Qoraqalpog’iston Respublikasining chekka hududlaridagi yoshlarni institutimiz faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Nukus innovatsion institutining targ’ibot tadbirlariga start berilgani haqida xabar bergan edik.

Unda institutimiz ma’muriyati vakillari, xodimlari ishtirok etishmoqda. Jumladan, Nukus innovatsion institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov boshchiligidagi targ’ibot guruhi eng chekka hududlardan biri hisoblangan Mo’ynoq tumanida bo’lishdi.

Dastlab Mo’ynoq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazilib, hamkorlikda faoliyat olib borish bo’yicha kelishib olindi.

Shundan so’ng institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov hamda Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig’i Nursultan Duysenbayev tomonidan Mo’ynoq shahridagi eng yirik maktablarning bitiruvchi sinf o’quvchilariga institutimiz haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Nukus innovatsion institutining targ’ibot tadbirlari Qoraqalpog’iston Respublikasining barcha shahar va tumanlari bo’ylab bugun ham davom etmoqda.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish