NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov kirish so’zi bilan ochib berdi. «Zulfiya izdoshlari» ko’rik-tanlovida «Boshlang’ich va gumanitar fanlar kafedrasi» mudiri, professor Berdax Daumenov, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaev, Institut xotin-qizlar kengashi raisi Zelixa Jumaniyazova, institut professor-o’qituvchilari, tyutorlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

1-mart — shoira, taniqli jamoat arbobi, O’zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavallud topgan kunga bag’ishlab o’tkazilgan ko’rik-tanlovda talaba-qizlar uchta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Yakunda g’olib va sovrindor deb topilgan yoshlar institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish