NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovasion institutida «Pedagogika, psixologiya va xorijiy tillar» kafedrasi mudiri p.f.f.d.,(PhD) dotsent Maxsetbay Aytimbetovning tashabbusi bilan «Yoshlarni ilmiy va innovatsion faoliyatga jalb etishning ustuvor yo‘nalishlari» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda “Yosh olimlar akademiyasi” direktori Sevara Rustamova, akademiyaning ilmiy bo‘limi ish boshqaruvchisi Tursinay Aytmuratova, xorijiy tillar bo’yicha sinxron tarjimon, «United school» o‘quv markazi rahbari Gulmira Dosnazarova, Mental arifmetika bo’yicha xalqaro mentor, “Kelajak bunyodkori” mukofoti sohibasi Sarbinaz Aytmuratova hamda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Mutaxassislar talaba-yoshlarga ilmiy tezislar va maqolalar yozish, nufuzli respublika va xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish, Scopus, Web of Science singari xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridagi jurnallar uchun maqolalar tayyorlash talablari, ilmiy ishlar, jumladan, dissertatsiya yozish bo‘yicha va hozirgi davrda “trendga” aylanayotgan til o‘rganishning zamonaviy intensiv kurslari, mental arifmetikani o‘rganish va uning foydali tomonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish