NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovatsion institutida yoshlar qalbida vatanparvarlik, shukronalik, milliy g’urur tuyg’ularini yanada mustahkamlash maqsadida “Veteran” jangchi-faxriylar doim ardog‘imizda!» mavzusida «Uch avlod uchrashuvi» o’tkazildi.

Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslahatchisi Bobur Tajimov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaevlar, shuningdek, Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlar birlashmasi aʼzolari Amanbay Bekmuratov, Jumabay Qunnazarov, Nursultan Sharipov, Perdebay Dilekeev, Azerbay Mambetnazarovlar va tyutorlar jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni institut rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich kirish so’zi bilan ochib berib, “Veteran” jangchi-faxriylarning yurtimiz tinchligi hamda osudaligi yo’lida qo’shgan beqiyos hissalarini alohida e’tirof etib o’tdi.

Samimiy muloqot tarzida o’tkazilgan «Uch avlod uchrashuvi» davomida institutimiz talaba-yoshlari “Veteran” jangchi-faxriylarimizdan o’zlarini qiziqtirgan savollar bo’yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish