NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovatsion institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning ota-onalari bilan KONGRESS bo’lib o’tdi.

Unda Institut rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, O’quv ishlari bo’yicha institut prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupovlar ishtirok etishib, institutimizda talaba-yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, OTMning o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari, ichki tartib qoidalar, institutning ilmiy salohiyati va o’quv jarayonlarining shaffofligi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Uchrashuv davomida o’qish jarayonida faollik ko’rsatgan bir qator talabalar va ularning ota-onalariga institut rahbariyati nomidan tashakkurnomalar berildi.

Shundan so’ng ota-onalar ham o’z fikr mulohazalarini aytib, farzandining kelajagi uchun hamkorlikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Kongressning ikkinchi qismida ota-onlar uchun maxsus ekskursiya tashkil qilinib, farzandlari tahsil olayotgan zamonaviy OTMning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish