NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Institut xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Sirti ta’lim bo’limida tahsil olayotgan ayol-qizlar uchun «Sog’lom ona – sog’lom bola» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Unda Institut xotin-qizlar kengashi raisi Zlixa Jumaniyazova, «Moliya va buxgalteriya» kafedrasi o’qituvchisi Anjim Jusupova, «Shuhrat» medali sohibasi, Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi katta o’qituvchisi Gulbahar Aytmuratova, Qoraqalpog’iston tibbiyot instituti assistent o’qituvchisi Zulfiya Berdimuratova, «Moliya va buxgalteriya» kafedrasi ayol-qizlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida soha mutaxassislari tomonidan ayol-qizlar salomatligi borasida zaruriy bilimlar berilib, yig’ilganlarning savollariga batafsil javob berildi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish