NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovatsion institutida tahsil oluvchi talaba-yoshlar uchun ajoyib yangilik!

Institutimida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan uchrashuv bo’lib o’tadi.

Unda Siz Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Kengesbay Karimov, «Amudaryo» jurnali bosh muharriri, Qoraqalpog’iston xalq shoiri Xalila Dauletnazarov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurod adabiy uchrashuv kechasida muloqot qilishingiz mumkin.

«Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasidagi adabiy uchrashuv kechasi 15-may kuni institutimizning faollar zalida soat 09:00da boshlanadi.

Adabiyot va san’atga qiziquvchi institutimizning barcha talaba-yoshlarini ushbu uchrashuv kechasiga taklif qilamiz!

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish