NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Joriy yilning 17-fevral kuni Nukus innovatsion institutida «Jahonning yuqori reytingli ilmiy jurnallariga maqolalar tayyorlash vositalari va usullari» va «Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi: tanlov mavzulari va ilmiy loyihalar qanday shakllantiriladi?» mavzularida ilmiy seminar bo’lib o‘tdi.

Unda institut Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Damir Jumaniyazov institut professor-o‘qituvchilariga ilmiy jurnallarga maqolalar yozganda «IMRAD», ya’ni ilmiy va akademik tadqiqot ishlarida qo‘llaniladigan umumiy formatda tadqiqot natijalarini mantiqiy va izchil tarzda tashkil etish hamda taqdim etish usullari «Scopus» ilmiy bazasidagi jurnallar misolida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ilmiy loyihalar yozganda va tanlovlarda qatnashganda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish kerakligi bo‘yicha seminar ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berildi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish