NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovatsion institutida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida «Biz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshimiz» shiori ostida targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi. Unda institut Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektor maslahatchisi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, Din ishlari bo’yicha qo’mitaning Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi mutaxassisi X. Ibrayimova, mazkur boshqarmaning Nukus shahar bo’limi bosh mutaxassisi X. Nizamatov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so’z olganlar tomonidan yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish orqali har xil zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, soxta g‘oyalarni asl diniy qadriyatlar sifatida talqin qilish va aholi orasida nosog‘lom aqidani singdirish holatlari kuzatilayotganligi haqida bir necha misollar keltirildi.

Tadbir chog‘ida diniy-ma’rifiy sohani yanada takomillashtirish, jamiyatda “Jaholatga qarshi ma’rifat” degan ulug‘vor g‘oya asosida dinning insonparvarlik, ezgulik va tinchlik kabi fazilatlarini keng targ‘ib qilish, har xil buzg‘unchilik va yot g‘oyalarga kirib ketmaslik, tinchlikning qadriga yetish kabi ilmiy-ma’rifiy mulohazalar yuritildi.

Tadbir so‘ngida talaba-yoshlarga “OGOH BO’LING” mavzusida va yana ogohlikka da’vat qiluvchi slaydlar hamda maxsus videolavhalar bilan birga xorijga ketgan ayollarning ayanchli taqdiri, vatanga qaytishdagi kechinmalari hikoya qilingan va Suriyadan qaytgan ayol taqdiri aks etgan «AYOL QISMATI» badiiy filmi namoyish qilindi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish