NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Joriy yilning 9-yanvar kuni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’. Sultanov, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi D. Janabaev, institut tyutorlari S. Tabinbaev va A. Jaqsimuratovlar boshchiligida talaba-yoshlarimiz DXX Chegara qo‘shinlarining Nukus shahrida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurishdi.

Tashrif chog‘ida talaba-yoshlarimiz «14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan harbiylar tomonidan tayyorlangan bayram dasturini tomosha qilishdi. Tadbir davomida Vatanparvarlik g’oyalari targ’iboti asosida institutimiz talaba-yoshlari vatan himoyachilari faoliyati bilan tanishtirildi.

Yuqori kayfiyatda o‘tkazilgan bayram dasturidan so‘ng talaba-yoshlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish