NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich Qozog’iston Respublikasi Ostona shahrida o‘tkazilgan «Eng yaxshi ilmiy tadqiqotchi 2023» Xalqaro tanlovda ishtiroki uchun I darajali diplom va ko’krak nishoni bilan taqdirlandi.

Bugun mazkur quvonchli xabar munosabati bilan Nukus innovatsion instituti ma’muriyati institutimiz rektori Anvar Muzaffarovichni alohida e’tirof etishib, samimiy qutlashdi. Institutimiz rektoriga xalqaro tanlovning I darajali diplomi hamda ko’krak nishonini institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov tantanali ravishda topshirdi.

Ma’lumot uchun, ushbu xalqaro tanlovda dunyoning 16 ta davlati: O’zbekiston, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Serbiya, Qirg’iziston, Tojikiston, Armaniston, Qozog’iston, Belorussiya, Ozarbayjon, Ukraina, Turkmaniston, Gruziya, Mongoliya, Andora kabi davlatlardan ilmiy tadqiqotchilar, yosh olimlar o’z ilmiy ishlari bilan ishtirok etishgan.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish