NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Markaz va Bo'limlar

 

            Markaz Boshlig’i

F.I.O: Duysenbaev Nursultan Ongarovich

Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99895)535-94-94
E-mail: d.nursultan0105@gmail.com

Markaz faoliyati haqida ma’lumot

           Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.
        Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi. Markaz xo‘jalik subyektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va Institut Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.
      Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, fizik va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va Institut Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.
                              Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
  • O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi raqamli texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona raqamli ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash;
  • Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika hamda raqamli texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish.

 

            Markaz Boshlig’i

F.I.O: Axmatov Abdulla Odil o’g’li
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99897)7999109
E-mail: aajadidim@gmail.com

Nukus innovatsion instituti Axborot-resurs markazi.

Nukus innovatsion instituti Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasining Axborot-kutubxona to‘g‘risidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Axborot-resurs markazi bilan bog‘liq hukumat qarorlari, shuningdek, Nukus innovatsion instituti nizomi, yo‘riqnomalari va tegishli ko‘rsatmalari asosida ish olib boradi.

Nukus innovatsion instituti Axborot-resurs markazining vazifasi jahon standartlariga javob beruvchi ilmiy adabiyotlar va ilg‘or ilmiy axborot resurslari bilan xizmat ko‘rsatish orqali talabalar va ilmiy xodimlarning ilm fanga, adabiyotlarga, kitob va kitob mahsulotlariga oid axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishdan iborat.

Markazning asosiy binosi Nukus shahrida joylashgan bo‘lib, markaz umumiy 5 ta ARMlardan iborat.

Markazning qolgan kutubxonalari, Institutning Xo‘jayli tumanidagi asosiy binosida, Samarqand filiali va Sirdaryo filiallarida faoliyat yuritadi.
Kutubxona fondida 12000dan ortiq adabiyotlar mavjud bo‘lib ulardan 9500 mingdan ortiq ilmiy adabiyotlar 2000dan ortiq badiiy adabiyotlar, 500 dan ortiq qo‘shimcha adabiyotlarni tashkil qiladi. Shuningdek 20000 ortiq elektron resurslar kutubxona fondini boyitib turibdi.

Bugungi kunda ARM da foydalanuvchilar uchun jami 400 o‘rinli o‘quv zallari va elektron kutubxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek elektron kutubxonalarda 200 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar  jahon talablarining muvofiq foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Markazda masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi joriy qilingan bo‘lib, foydalanuvchilarga 24 soat davomida xizmat ko‘rsatiladi.

Nukus innovatsion instituti ARM xodimlari foydalanuvchilarning barcha so‘rovlariga beminnat yordam berishga hamisha tayyor.

 

            Bo’lim Boshlig’i

F.I.O: Rizamurotov Dinmuxammad Ermagambetovich
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99897)789 48 59
E-mail: Dinmuxammed8@gmail.com

Bo’lim faoliyati haqida ma’lumot

        Devonxona Nukus innovatsion institutining tarkibiy bo‘limi hisoblanib, Institutning amaldagi ustaviga asosan ish yuritadi va bevosita Institut rektoriga bo‘ysinadi.
        Devonxona Nukus innovatsion instituti rektorining buyruq va ko‘rsatmalari, Institutning ish yurutish bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomasiga asoslanib o‘z faoliyatini olib boradi.
        Devonxona o‘zining dumaloq muhriga va to‘rtburchakli tamg‘asiga ega bo‘lib, ular devonxona mudiri ixtiyoridagi seyfda saqlanadi.
        Devonxonada xodimlar quyidagi lavozimlarda faoliyat ko‘rsatadilar: devonxona mudiri, ish yurituvchi, kuryer (jami to‘rt shtat birligi).

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O: Qudaibergenov Atabek Mirzabayevich 
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99893)920 56 87
E-mail: akudaybergenov2401@gmail.com

Kadrlar bo‘limi faoliyati bo’yicha qisqacha ma’lumot

  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to’g’risidagi Qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh  avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi  amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek,   O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo’riqnomalari, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga,  Institut  Nizomi,  yo’riqnomalari va tegishli ko’rsatmalari asosida ish olib boradi.  
     Institut mehnat ichki tartib-qoidalariga, reglamentga, nazorat qoidalariga, mehnat intizomiga, lavozimiy yo’riqnomalarga amal qiladi, o’rnatilgan qonun-qoidalarga, huquqiy tartibga muvofiq xodimlar ishini tashkil etadi.
       Institut rahbariyati bilan birgalikda mutaxassisligiga va kvalifikatsiyasiga ega  bo’lgan, ish saviyasi, uslubi  talabga javob  bera  oladigan professor-o’qituvchilar,  ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar bilan ta’minlashni tashkil etadi.
      Kadrlar bo’limining professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi ishchi-xodimlar hamda talabalar bilan ishlash   inspektorlari bevosita kadrlar bo’limi boshlig’i topshirig’i va ko’rsatmalariga muvofiq  ishni tashkillashtiradi. Belgilangan tartibda yo’riqnoma asosida ish olib boradi. Ularning ish faoliyatini bo’lim boshlig’i nazorat qiladi.

Kadrlar bo’limi umumiy faoliyati bo’yicha qisqacha ma’lumot

       Kadrlar tayyorlash  milliy dasturida belgilangan  maqsadlarga  erishish va uni tatbiq etish  uchun unumdor  va samarali  mehnat kilishni tashkil etadi.
       Kadrlarni joy-joyiga qo’yish  bo’yicha rahbariyatga takliflar kiritadi.
Institut  shtat jadvalini moliya-reja bo’limi bilan birgalikda  muvofiqlashtiradi va shtat jadvaliga asosan ish olib boradi.
      Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni  ishga olish, ishdan bo’shatish, lavozimini o’zgartirish, mehnat ta’tili berish va muddatidan avval ishga chaqirib olish, qo’shimcha ta’tillar, tanlovdan, attestatsiyadan o’tish muddatlarini aniqlab, belgilashni nazorat etadi.
      Professor-o’qituvchi va xodimlarini institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi va O’zbekiston Respublikasi qonunlarini buzmasliklarini umumiy nazorat  qilish, ularni rag’batlantirish, moddiy yordam  ko’rsatish, intizomiy jazo choralarini qo’llash yuzasidan buyryq tayyorlaydi.
    Harbiy xizmatga majbur  bo’lganlar, harbiy xizmatga chaqiruv  yoshidagi o’smirlarning hisobini tegishli bo’lim (2-bo’lim) bilan hamkorlikda olib boradi va nazorat qiladi.
     Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va talabalarning  shaxsiy  ish jildini, shaxsiy kartochkasini (T-2 shakl), shaxsiy ma’lumotnoma (ob’ektivka) shakllantiradi, belgilangan tartibda yuritilishini tashkil etadi.
    Professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga shaxsiy guvohnoma, ma’lumotnoma berishni o’z vaqtida muddatini  uzaytirilishini nazorat etadi.
    Mehnat daftarchasi va akademik ma`lumotnoma blankalarini ishlatish, hisobining yuritilishini nazorat qiladi.
      Nafaqa yoshiga yetgan xodimlarni hisobini yuritadi, ularga o’z vaqtida pensiya tayinlanishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlaydi.

Kasallik varaqalarini rasmiylashtiradi.

   Institutdagi  professor-o’qituvchi, ma’muriy va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning va talabalarning belgilangan shaklda stastistik hisobotlarini olib boradi.
Har oyda tuman aholini ish bilan ta’minlash va ijtimoiy himoya qilish bo’limiga kvotali joylar va vakant joylar (bo’sh ish o’rni) bo’yicha  ma’lumot beradi.

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O: Sultanov Gʻulomjon Amangeldiyevich
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99888)6547557
E-mail: @gmail.com

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining maqsadi:

Talaba-yoshlarni mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ma’naviy va madaniy vazifalarning tub mohiyatini anglaydigan malakali mutaxassis, insonparvar shaxs sifatida tarbiyalash, bo‘lajak mutaxassisliklarda mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlashni o‘z-o‘zini anglashning axloqiy asoslarini, mantiqiy fıkrlashni, jamoani boshqarish malakalarini shakllantirishni, ularni hayotda o‘z o‘rnini topish, o‘z taqdirini o‘zi belgilashni, kelajakka bo‘lgan ishonchni, mamlakatimiz kelajagini, buyukligini barcha sohalardagi erishayotgan yutuqlari bilan tushuntirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining vazifalari

– Ma’naviy-ma’rifıy tarbiya jarayonidagi boshqarish tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish;
– ma’naviy-ma’rifıy tarbiya ishlar rejasi va dasturlarini ishlab chiqish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim vazirligining buyruq va ma’lumotlarini shuningdek, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan vazifalarni talabalarga, tyutorlarga va professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazishni tashkil etish;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ma’ruzalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni talabalarga, professor-o‘qituvchilarga o‘z vaqtida yetkazish, har tomonlama tushuntirish ishlarini tashkil etish;
– ustoz-shogird tizimini takomillashtirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish;
– ustoz-murabbiylar tomonidan o‘tkazilayotgan Axborot soatlarini samarali o‘tkazilishini ta’minlab borish;
– institutda o‘tkaziladigan tadbirlarining mazmunli o‘tkazilishini tashkil etish;
– turli tarbiyaviy yo‘nalishdagi uchrashuvlar o‘tkazish;
– huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash tizimini takomillashtirib borish;
– talaba-yoshlarning ma’naviy-ma’rifıy tarbiyasi masalalariga oid ilmiy-uslubiy va amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar tayyorlab borish va ularni chop ettirish ishlarini amalga oshirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga molik adabiyotlar bilan ta’minlash;
– talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish;
– talabalar turar joyida va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam nazorat qilib borishni tashkil qilib borish;
– institutda sport-sog‘lomlashtirish, maishiy xizmat, ovqatlanish, dam olish, madaniy hordiq chiqarish tizimlarining uzluksiz, sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida nazorat qilish;
– institutda turli xildagi ko‘rik-tanlovlar, festivallar, spartakiadalar, olimpiadalar o‘tkazishni tashkil qilish;
– moddiy jihatdan kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalardan chiqqan, nogiron va chin yetim talabalaming moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, ahvolini aniqlash hamda ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha muntazam ish olib borish va institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
– institutda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlarning millati, jinsi, sog‘lomligi, diniy e’tiqodi, tashqi ko‘rinishi va irqiga qarab huquqlarini cheklash, xo‘rlash holatlarining oldini olish, ayollar va erkaklarning gender tengligini saqlash, ulaming erkin ijod qilishi va iqtidorlarini namoyon etishlariga keng sharoitlar yaratib berish;
– diskriminatsiya va zo‘ravonlikka qarshi kurashish;
– kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtojlar, chin yetimlar va boquvchisini yo‘qotgan talabalarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish, zarur ko‘nikmalarni shakllantirish va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda fan va kasb- hunar to‘garaklariga jalb etish, zarur hollarda tegishli imtiyozlar bilan ta’minlash;
– bayramlar va allomalarning tavallud kunlari munosabati bilan turli mavzularda tadbirlar tashkil qilib borish;
– talaba va professor-o‘qituvchilarni kino-teatrlarga, muzeylarga, tarixiy ziyoratgohlarga tashriflarini tashkil etib borish;

– institutda talabalarning ota-onalari, mahalliy hokimiyatlar, hayriya jamg‘arma1ari, mahallalar va fakultetlar tomonidan olib borilayotgan ishlarni tashkil etish va nazorat qilish;
– talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar zaminida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
– talabalar milliy g‘ururini shakllantirish;
– Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik burch, vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
– respublika, viloyat, shahar va institutda bo‘ladigan turli jamoat ishlari, tadbirlarida professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokini ta’minlash;
– tarbiyaviy ishlar yo‘nalishlari va ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif kiritish.

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O:
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99800)123-45-67
E-mail: @gmail.com

Bo’lim faoliyati haqida ma’lumot

  •  

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O: Yuldashev Alisher Tursunbayevich 
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99894)411 14 43
E-mail: a.t.yuldashev@gmail.com

 O‘quv-uslubiy bo‘lim-o‘quv jarayonini tashkil qiluvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
        O‘quv-uslubiy bo‘lim institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv xujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
       O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni zamonaviy pedagogic texnologiyalar asosida chuqur oqitilishiga katta e’tibor beradi.
            O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
-Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv xujjatlari bilan ta’minlash;
-Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
-Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
-O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
-Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;
-Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va institut ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
-Talabalar davomatini tahlil etish; 
-Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
-Institutdagi barcha fakultetlar va magistraturada joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
-Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
-Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
-O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
-Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
-Professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;-O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
-Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;-Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
-O‘quv-uslubiy bo‘limda boshliq, uslubchi, inspektor, dispetcherlar faoliyat olib boradi.

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O: Jumaniyazov Damir Quatbayevich 
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99890)728 88 16
E-mail: jumaniyazov.damir@mail.ru

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bо‘limi:

О‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim  tо‘g‘risida Nizom” 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori asosida faoliyatini olib boradi.

Bо‘limning asosiy vazifalari:

Institutda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tо‘g‘risida belgilangan tartibda hisobot tayyorlash hamda о‘rnatilgan tartibda vazirlikka taqdim etish; kvota bо‘yicha qabul qilingan doktorantlarning hujjatlarini rasmiylashtirish; doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlardan hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish bо‘yicha kirish imtihonlarini va suhbatni tashkil qilish; doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini Kollegial organ  yig‘ilishlarida tasdiqlash uchun kiritishni amalga oshirish; doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning doimiy monitoringini о‘tkazilishini tashkil qilish; doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning shaxsiy rejalari ijrosini nazorat qilish; izlanuvchilarning shaxsiy rejasi bajarilmaganligini aniqlangan holatda tegishli qaror qabul qilish bо‘yicha rahbariyatga  ma’lumot berish; talabgorlar uchun belgilangan sessiyalarda malakaviy imtihonlarni о‘tkazishni tashkil qilish; doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, ularning ilmiy konsultantlari va rahbarlari ishtirokida seminarlar tashkil qilish; doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarga ilmiy ishlarini amalga oshirishda tashkiliy va uslubiy yordam kо‘rsatish bо‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

 

             Sektor boshlig’i

F.I.O: Achilov Oybek Adiljaonovich
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99899)317-23-23
E-mail: @gmail.com

Kredit-modul sektorining asosiy vazifalari

    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 31 dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha belgilangan vazifalami amalga oshirish.
    • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga ta’alluqli hujjatlar namunalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2021 yil 15 yanvardagi 30- son buyrug‘ining 1-11 ilovalariga muvofiq oliy ta’lim muassaslarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga ta’aluqli hujjatlar namunalarini buyruq ilovalariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish.

 

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O:
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99893)3606138
E-mail: @gmail.com

                                           Markaz faoliyati haqida ma’lumot

 

 

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O:
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99800)123-45-67
E-mail: @gmail.com

                                           Markaz faoliyati haqida ma’lumot

 

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O:
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99891)3993777
E-mail: @gmail.com

                                       

 

 

          Bo’lim Boshlig’i

F.I.O: Musagaliev Ajiniyaz Jumagulovich
Boglanish uchun malumotlar:
Qabul vaqti: Dushanba-Juma (15:00-17:00)

Tushlik: 13:00 – 14:00
Tel: (+99890)727 01 40
E-mail: musagalievajiniaz@yandex.ru

Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari va funksiyalari

Xalqaro hamkorlik bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Davlat qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlari asosida ta’lim, fan va madaniyat sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish yuzasidan Nukus Innovatsion instituti rahbariyatiga taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Nukus Innovatsion instituti tuzilmaviy bo‘linmalarining xalqaro shartnomalar tuzish bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish, xalqaro hamkorlik dasturlari, ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi shartnomalar (bitimlar)ni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.

Xalqaro ta’lim faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashni tashkil etishda ishtirok etish.

Xalqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikni, taʼlim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash.

Ta’lim sohasidagi xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Nukus Innovatsion instituti manfaatdor boʻlinmalari bilan birgalikda xorijiy hamkorlar bilan hamkorlik qilish masalalari boʻyicha muzokaralar olib borish.

Talabalar, tayanch doktorantlar va ilmiy-pedagogik xodimlarning malaka oshirish, amaliyot o‘tashlari, konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun xorijga sayohatlarini tashkil etishda ko‘maklashish hamda Nukus Innovatsion institutida xorijiy delegatsiyalar va fuqarolarni qabul qilishni tashkil etish.

Xalqaro tadbirlarni, shu jumladan konferentsiyalar va davra suhbatlarini tashkil etish.

Nukus Innovatsion instituti rahbariyatiga davriy statistik hisobotlarni taqdim etish.

Ta’lim sohasidagi xalqaro faoliyat masalalari boʻyicha ommaviy axborot vositalari bilan muloqot qilish.

Xalqaro hamkorlik boʻlimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Nukus Innovatsion instituti va mamlakatlar, hududlar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida taʼlim, fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikning yaxlit tizimini tashkil etish.

Nukus Innovatsion instituti jahon ta’lim tizimiga to‘liq sherik sifatida integratsiyalashuviga ko‘maklashish va ta’lim xizmatlarining xalqaro bozorida ishtirokini ta’minlash.

Institutning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishning ustuvor dasturlarini belgilash, ular asosida xalqaro dasturlar va hamkorlik loyihalarini shakllantirish.

Nukus Innovatsion institutining uzoq va yaqin xorij davlatlari bilan ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalari, shuningdek, tegishli xalqaro hamkorlik dasturlari, idoralararo shartnoma va bitimlardan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

Xalqaro tashkilotlarda, ta’lim, fan va madaniyat masalalariga bag‘ishlangan xorijiy va xalqaro ko‘rgazmalarda Nukus Innovatsion instituti manfaatlarini himoya qilish.

Nukus Innovatsion institutiga kelayotgan xorijiy davlat fuqarolarini pasport-viza bilan ta’minlashda yaqindan yordam ko‘rsatish.

Xorijiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kvotalari doirasida xorijiy davlatlarda uzoq muddatli va qisqa muddatli ilmiy ishlar uchun o‘qituvchilarni tanlash, hisobga olish va ishga yuborishni tashkil etish.

Nukus Innovatsion instituti mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy talabalar va o‘qituvchilarni tayyorlash va malaka oshirishning turli shakllariga qabul qilishni tashkil etish.

Nukus Innovatsion instituti boʻlinmalariga xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda, shu jumladan xorijiy hamkorlar bilan bevosita aloqalar orqali koʻmaklashish.

Xalqaro hamkorlikni axborot-tahliliy qoʻllab-quvvatlash.

Nukus Innovatsion institutining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, xalqaro faoliyatini ta’minlashda ishtirok etish.

Nukus Innovatsion instituti boʻlimlari va xodimlariga xalqaro faoliyat boʻyicha doimiy maslahat va boshqa yordam koʻrsatish.

Nukus Innovatsion instituti sayti xalqaro faoliyatga oid axborot ta’minotiga ma’lumotlar berish.

Nukus Innovatsion institutiga taklif etilgan xorijiy mutaxassislar ishtirokida ilmiy-ma’rifiy tadbirlarni e’lon qilish.

Nukus Innovatsion instituti bo‘limlari xodimlarini o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy forumlar, turli tashkilot va jamg‘armalarning dasturlari haqida dolzarb ma’lumotlar bilan xabardor qilish.

Ro‘yxatdan o‘tish