NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovatsion instituti faollar zalida «Korrupsiyaga qarshi kurashish — jamiyat taraqqiyotining asosi» mavzusida kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda institut rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Yuldashev Alisher Tursunbayevich, «Boshlang’ich ta’lim va gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri Daumenov Berdax Aymuratovich hamda institut xodimlari va professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda institut rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich о‘z sо‘zida korrupsiyaga qarshi kurashish, ta’lim tizimida korrupsion holatlarga yо‘l qо‘ymaslik, talaba-yoshlar о‘rtasida bu boradagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidlab о‘tdilar.

Shuningdek, institut Yuristkonsulti va Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan rektori maslahatchisi tomonidan korrupsion holatlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari haqida batafsil tushuntirish berildi.

Shu bilan birga institut xodimlari, professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlar o’rtasida nafaqat institut hayotida, balki, institut hayoti bilan bog’liq bo’lmagan vaziyatlarda ham korrupsion holatlar yo’l qo’ymaslik, uning bilvosita yoki bevosita ishtirokchisi bo’lmaslik haqida ogohlantirildi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish