NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

👩‍👧 Mamlakatimizda jamiyat va davlat hayotida xotin-qizlar uchun imkoniyatlar yaratilishiga erishish, ularning barcha sohalarda ishtirok etishini ta’minlash, ayollarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 Shu jumladan, Nukus innovatsion institutida ham ayol-qizlarning jamiyatda munosib o’rin egallashlari uchun qator samarali ishlar olib borilmoqda. Bugun institutimizda ushbu masalalar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq institutimiz ayol-qizlari o’rasida turli xil ko’rik tanlov va musobaqalarni yuqori saviyada tashkil qilish, ilmiy, pedagogik, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda ularning faolligini yanada oshirish borasida yig’ilish bo’lib o’tdi.

🦅 Yig’ilishda Nukus innovatsion instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Institut xotin-qizlar kengashi raisi Zelixa Jumaniyazova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaev, institut tyutorlar jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish