NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

▶️ Nukus innovatsion institutida “ZAMONAVIY SHAROITDA OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani o’z ishini boshladi.

▪️Anjumanning asosiy maqsadi yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning dolzarb muammolari va innovatsion yo‘nalishlarini muhokama qilish asosida sohaga zamonaviy ilm-fan yutuqlarining ilg‘or tajribalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

▪️Unda respublikamizning turli hududlaridan oflayn hamda zoom ilovasi orqali onlayn tarzda maruzashilar va ishtirokchilar qatnashdilar. Anjumanni Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich kirish so’zi bilan ochib berdilar.

▪️Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan B. Kalimbetov, Turkiya davlati Ege universiteti professori Pinar Fedakar va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Nukus filiali direktori A.Kaipbergenovlar o‘z tabrik sozlari bilan qatnashib, muvaffaqiyatlar tiladilar.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish