NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🗣 Xabaringiz bor, institutimizda talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda xorijiy tillarga bo’lgan qiziqishlarini yanada orttirish maqsadida institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda «Pedagogika, psixologiya va xorijiy tillar» kafedrasi tashabbusi bilan «English week» haftaligi bo’lib o’tmoqda.

🇺🇿 Mazkur haftalikning tasdiqlangan rejasiga muvofiq, bugun institutimiz talaba-yoshlari ishtirokida «English competition» ingliz tili musobaqasi bo’lib o’tdi.

🦅 Jamoaviy tarzda o’tkazilgan «English competition» ingliz tili bahslarini Nukus innovatsion instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov kirish so’zi bilan ochib berdi. Institutning «Pedagogika, psixologiya va xorijiy tillar» kafedrasi mudiri, p.f.f.d (Phd), dotsent Maxsetbay Aytimbetov, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaev bellashuv starti oldidan talaba-yoshlarga omad va zafarlar tiladi.

✔️ Musobaqa yakunida g’olib va sovrindorlar institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Shu tariqa Nukus innovatsion institutida «English week» haftaligi o’z yakuniga yetdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish