NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

✔️ Bugun, 8-fevral kuni Nukus innovatsion institutida «Zakovat» intellektual o’yinining yakkalik bahslari bo’lib o’tdi. Unda talaba-yoshlar jamoaviy tarzda emas, yakka holatda intellektual o’yinlarda ishtirok etishdi.

🦅 Intellektual o’yinni institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetachisi Dauletbek Janabaev kirish so’zi bilan ochib berishdi.

👥 Shu tariqa, yakkalik bahslardan keyin eng bilimdon deb topilgan yoshlar Nukus innovatsion instituti terma jamoasiga jalb qilindi.

🇺🇿 Eslatib o’tamiz, bu kabi loyihalar Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar jadvaliga muvofiq muntazam ravishda o’tkazib boriladi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish