NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

✔️ Nukus innovatsion institutida «Zakovat» intellektual o’yinining navbatdagi jamoaviy bahslari bo’lib o’tdi. Unda Sirtqi ta’lim bo’limida tahsil olayotgan talaba-yoshlar jamoaviy tarzda intellektual o’yinlarda ishtirok etishdi.

🦅 Intellektual o’yinni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov kirish so’zi bilan ochib berdi.

◾️Shuningdek, tadbirda Sirtqi ta’lim bo‘lim boshlig‘i Sansizbay Kalmuratov hamda Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori boshlig’i Oybek Achilov, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetachisi Dauletbek Janabaev hamda tyutorlar jamoasi ishtirok etishdi.

👥 Shu tariqa, jamoaviy bahslardan keyin eng bilimdon deb topilgan yoshlar Nukus innovatsion instituti terma jamoasiga jalb qilindi.

🇺🇿 Eslatib o’tamiz, bu kabi loyihalar Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar jadvaliga muvofiq muntazam ravishda o’tkazib boriladi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish