NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

▪️Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi tomonidan tasdiqlangan «Chora-tadbirlar» rejasining tegishli bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Nukus innovatsion institutida «O’zbekiston – umumiy uyimiz» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot-tashviqot tadbiri bo’lib o’tdi.

▪️Unda institut rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, Jo’qorg’i Kenges deputati Anjela Omirova, Qoraqalpog’iston Musulmonlar qoziyati qozisi o’rinbosari Aybek Jo’lashev, Xalq deputatlari Nukus shahar kengashi deputati Q. Jumabayev, institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov hamda institutning 1-bosqichida tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

▪️Targ’ibot-tashviqot tadbirini institut rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich kirish so’zi bilan ochib berdi. Tadbir davomida jamoatchilik vakillari o’z ma’zuralari bilan ishtirok etib, yakunda madaniyat xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish