NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🧠 «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurgan (https://t.me/NUKUS_INNOVATSION_INSTITUTI/4602) atoqli yozuvchi va shoirlar «Zakovat» intellektual o’yinining taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.

▪️ Marosimda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Kengesbay Karimov, «Amudaryo» jurnali bosh muharriri, Qoraqalpog’iston xalq shoiri Xalila Dauletnazarov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurodlar institutimizning intellektual salohiyatli talaba-yoshlarini munosib taqdirladilar.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish