NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

👨‍💻Bugun Nukus innovatsion institutida “Sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash” mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi.

🦅 Unda Latviyaning UPCODE SYSTEMATIC kompaniyasi menejeri Maks Stankevich, Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institut O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev va Raqamli ta’lim texnologiyalari Muhandist dasturchisi Bekzod Azadov ishtirok etdi.

🇺🇿 🇦🇹 Onlayn seminar-trening davomida Latviya kompaniyasi va Nukus innovatsion instituti hamkorligida ta’lim jarayonlari uchun tadbiq qilinishi mumkin bo’lgan ishlanmalar, IT texnologiyalari keng muhokama qilindi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish