NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

👨‍💻Nukus innovatsion institutida “Sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash” mavzusida onlayn seminar-treningning navbatdagi bosqichi tashkil etildi.

🦅 Unda Latviyaning UPCODE SYSTEMATIC kompaniyasi menejeri Maks Stankevich, Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Damir Jumaniyazov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

🇺🇿 🇦🇹 Onlayn seminar-trening davomida Latviya kompaniyasi va Nukus innovatsion instituti hamkorligida ta’lim jarayonlari uchun tadbiq qilinishi mumkin bo’lgan ishlanmalar, IT texnologiyalari keng muhokama qilindi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish