NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

⚡️ Uchrashuv munosabati bilan O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Qoraqalpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, «Do’stlik» ordeni sohibasi, shoira Gulistan Dauletova hamda O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Xalq deputatlari Nukus shahar kengashi deputati, yozuvchi O’ralxan Saparovalar Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurishdi.

🤝 Tadbir mehmonlarini institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov hamda Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetachisi Dauletbek Janabaevlar kutib olib, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha qisqa muloqot bo’lib o’tdi.

▪️Shundan so’ng, institut axborot-resurs markazida talaba-yoshlar ishtirokida asosiy tadbirga start berildi. «Yosh kitobxon» uchrashuvini institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov kirish so’zi bilan ochib berdi.

▪️Tadbir davomida Nukus innovatsion institutining bilimga chanqoq talaba-yoshlari O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasi a’zolaridan o’zlarini qiziqtirgan savollar bo’yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish