NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🗣 Nukus innovatsion instituti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan institutda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o’rtasida kibersportning PUBG turi bo’yicha navbatdagi musobaqa tashkil qilindi.

🦅 Musobaqani institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov kirish so’zi bilan ochib berdi. Institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov bellashuv starti oldidan talaba-yoshlarga omad va zafarlar tiladi.

🙋 Ma’lumot uchun, yaqinda Saudiya Arabistonida o‘tgan musobaqaning Grand finalida O‘zbekiston kibersport terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempioni bo‘lgandi. Shundan kelib chiqib bu kabi tanlovlar Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlari orasida ommalashtirilmoqda.

✔️ Eslatib o’tamiz, bu kabi loyihalar Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar jadvaliga muvofiq muntazam ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

📹 Tasvirchi va montaj ustasi – Dastan Jumamuratov

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish