NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿🇩🇪Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-1000 talik ro’yxatda 98-o’rindan joy olgan, Germaniya Federativ Respublikasining nufuzli Freie Berlin universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

▪️Xususan, joriy yilning 15-may kuni Germaniya davlatining Freie Berlin universiteti Sharqiy Yevropa hududiy bo’linmasi rahbari Tobias A. Studemann Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurdi.

▪️Martabali mehmon Nukus innovatsion instituti rahbariyati vakillari kutib olinib, o’zaro muzokaralar olib borildi.

▪️Muzokaralar davomida Freie Berlin universitetining Sharqiy Yevropa hududiy bo’linmasi rahbari Tobias A. Studemann, Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori Shavkat Madraximov, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Damir Jumaniyazovlar ishtirok etishdi.

▪️Tashrif chog’ida Tobias A. Studemann Nukus innovatsion instituti talaba-yoshlariga Freie Berlin universiteti bo’yicha batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, istiqbolda ushbu xorijiy universitetda magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilish bo’yicha kengdan ma’lumotlar berib o’tdi.

▪️Shu bilan birga muloqotlar davomida Nukus innovatsion instituti bilan Freie Berlin universiteti o’rtasida xalqaro hamkorlik shartnomasini imzolash bo’yicha kelishilib olindi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad Nukus innovatsion instituti faoliyatini yuksak darajaga chiqib, har tamonlama rivojlantirishdan iborat.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish