NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Kecha, 17-fevral kuni Nukus innovatsion institutida «Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.
Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, institut xodimlari, professor-o’qituvchilari, tyutorlar jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tanlovda institutimizdagi faol talaba-yoshlardan tarkib topgan guruh jamoalari o’zaro bellashdilar. Dastan Bektursinov, Farxad Xalillaev hamda Rasul Ziyuatdinovlardan tashkil topgan tajribali hakamlar hay’ati 3 ta shart bo’yicha tanlov ishtirokchilarini baholashdi.

Tanlov yakunida 1-o’rinni «Zuxra apaning erke qizlari», 2-o’rinni «Pozitiv», 3-o’rinni «Sansizbayding millionerleri» jamoalari egallashdi hamda ushbu jamoalardan QVZ bo’yicha Nukus innovatsion instituti terma jamoasi tarkibi saralab olinadi.

«Quvnoqlar va zukkolar» ko’rik-tanlovida munosib ishtirok etgan, faollik ko’rsatgan talaba-yoshlar hamda jamoa a’zolari Nukus innovatsion instituti rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish