NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🌐 Bugun Nukus innovatsion institutida tyutorlar jamoasi va talaba-yoshlar ishtirokida «Ona tabiatni asrash» mavzusida rassomchilik ko’rgazmasi tashkil etildi.

🇺🇿 Ko’rgazma davomida institut talaba-yoshlari, Qidirbayeva Dilfuza, Ermekbayeva Nurjayna, Bekmurzayeva Sahibjamal va Maxsetova Akmarallar o’zlari chizgan rasmlar va tayyorlagan ijodiy ishlari bilan ishitrok etdilar.

🦅 Ko’rgazma jarayonida yaratilgan ijodiy ishlarga institutning Ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev, institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov va institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaevlar tyutorlar jamoasi bilan baho berishdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish