NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Nukus innovatsion institutida talaba-yoshlar ishtirokida «Osh bo’lsin!» nomli pazandachilik tanlovi bo’lib o’tdi.

Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, O’quv ishlari bo’yicha institut prorektori Shavkat Madraximov, Sirtqi ta’lim bo‘lim boshlig‘i Sansizbay Kalmuratov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektori boshlig’i Oybek Achilov, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaev, tyutorlar jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Pazandachilik bo’yicha o’tkazilgan o’ziga xos musobaqada ishtirokchilar jamoalarga bo’lingan holda milliy osh taomini tayyorlashdi. Yakunda hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi topilgan jamoa a’zolari institut rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanib, e’tirof etildi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish