NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Nukus innovatsion institutida talabalar-yoshlar ishtirokida «Shashlik day» nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institut O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i G’ulomjon Sultanov, Sirtqi ta’lim bo’limi boshlig’i Sansizbay Kalmuratov, Sirtqi ta’lim bo’limi uslubchisi Anvar Yuldashev, Xo’jayli tumani favqulodda vaziyatlar bo’limi yetakchisi inspektori M.Qayipbergenov, tyutorlar jamoasi hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Kabobpazlik bo’yicha o’tkazilgan o’ziga xos musobaqada hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi ishtirokchilar saralab olinib, e’tirof etildi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish