NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Bugun, 28-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakatining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo’limi boshlig’i Tajibay Romanovlar Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonlarni Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich qabul qildi. Uchrashuvda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupovlar ishtirok etishdi.

Qabul jarayonida Nukus innovatsion instituti «Yuksalish» umummilliy harakati o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, talaba-yoshlarimizni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qarg’i Kengesi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish masalalari keng muhokama qilindi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish