NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodov hamda Jo’qarg’i Kenges deputati, «Yuksalish» umummilliy harakatining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy bo’limi boshlig’i Tajibay Romanovlar Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurdi

Martabali mehmonlarni Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha institut birinchi prorektori Islom Yusupovlar kutib olishdi.

Uchrashuvda O’quv ishlari bo’yicha institut prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha institut prorektori Alisher Yuldashevlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Rasmiy qabuldan so’ng institut talaba-yoshlari bilan samimiy muloqot o’tkazildi. Uchrashuvni institut Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi Dauletbek Janabaev hamda Matbuot xizmati rahbari Shuhrat Saidahmadovlar olib borishdi.

Muloqot jarayonida Nukus innovatsion instituti va «Yuksalish» umummilliy harakati o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, talabalarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Jo’qarg’i Kenges faoliyati bilan yaqindan tanishtirib o’tildi. Shuningdek, institut Matbuot xizmati rahbari Shuhrat Saidahmadov tadbir jarayonida «Qaraqalpaqstan» telekanali muxbiriga intervyu berib o’tdi.

Uchrashuvda talaba-yoshlar mehmonlardan davlat va jamiyat hayotiga oid o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Tadbir yakunida Nukus innovatsion instituti rektori Anvar A’zamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Yuksalish» umummilliy harakati raisi Bobur Bekmurodovga tashrif uchun o’z minnatdorchiligini bildirib, institut nomidan esdalik sovg’alarni topshirdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ro‘yxatdan o‘tish