NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿🇷🇺 Joriy yilning 21-fevral kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti Xalqaro aloqalar departamenti rahbari PhD, dots., Viktor Machexin Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurdi.

🦅 Nufuzli xorijiy OTM vakilini Nukus innovatsion instiuti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich qabul qilib, har ikkala oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida institutimizning O’quv ishlar bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyevlar ishtirok etishdi.

✅ Shundan so’ng martabali mehmon Nukus innovatsion instituti o’quv binosi, axborot-resurs markazi faoliyat, institutimizda talaba-yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

🇺🇿 Ushbu tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti hamda Nukus innovatsion instituti o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, tajriba almashish va talabalar hamda professor-o’qituvchilar mobilligi bo’yicha seminar-trening kurslarini tashkil qilishdan iborat.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish