NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

▶️ Nukus innovatsion institutida “ZAMONAVIY SHAROITDA OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani o’z ishini boshladi.

▪️Ayni paytda ilmiy-nazariy anjumanga takfil qilingan mahalliy va xorijiy ekspertlar, O’zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilari institut rahbariyati tomonidan munosib kutib olinmoqda.

▪️Martabali mehmonlarni Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutining O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev hamda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupovlar kutib olishmoqda.

▪️Respublika ilmiy anjumaniga tashrif buyurayotgan mehmonlar qatorida Qoraqalpog’iston Respublikasidagi OTM rektorlari va prorektorlari ham bor.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish