NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Joriy yilning 22—23-may kunlari Nukus innovasion institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘iga asosan “ZAMONAVIY SHAROITDA OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani o‘tkaziladi.

🤝 Anjumanning maqsadi yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashning dolzarb muammolari va innovatsion yo‘nalishlarini muhokama qilish asosida sohaga zamonaviy ilm-fan yutuqlarining ilg‘or tajribalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.

🗓 Ilmiy anjuman ertaga, 22-may kuni soat 10:00da Nukus innovatsion instituti binosida boshlanadi. Mazkur ilmiy-nazariy anjuman barcha professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlarni taklif qilamiz!

📍 Manzil: Nukus shahri, «Qaraqalpaqstan» ko’chasi, 10-uy.
📍 Mo’ljal: «Qiriq qiz» restorani, eski NUKUS PAYTAXT binosi, hozirgi NUKUS INNOVATSION INSTITUTI.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish