NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovasion instituti Rossiya Federatsiyasining TOP-1000 talikka kiradigan yana bir nufuzli Yujniy Federalniy Universiteti bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Xususan, joriy yilning 17-yanvar kuni Nukus innovasion instituti va Rossiya Federatsiyasining Yujniy Federalniy Universiteti o’rtasida muloqot o’tkazildi.

Onlayn tarzida o’tkazilgan muzokaralarda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Islom Yusupov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, Ilmiy bo‘lim boshlig‘i Makset Aytimbetov va Innovatsion texnologiyalar va biznes fakulteti dekani Konisbay Bekimbetovlar, shuningdek, Yujniy Federalniy Universitet prorektori Maksim Bondarev, Xalqaro faoliyat boshqarmasi boshlig‘i Ruben Sisuashvili, Kompyuter texnologiyalari va axborot xavfsizligi markazi direktori Gennadiy Veselov, Pedagogika va psixologiya akademiyasi direktori Anastasiya Chernova va Iqtisodiyot fakultetining xalqaro faoliyat bo‘yicha muovini Yelena Fursa ishtirokida keng muhokamalar o‘tkazildi.

Mazkur suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad, kelgusida institutimizning xalqaro hamkorligi doirasini kengaytirish va professor-o‘qituvchilar tajriba almashinuvini ta’minlash, talabalarning akademik mobilligi hamda hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish kabi bir qancha muhim masalalarni mustahkamlashdan iborat.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish