NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿 🇺🇸 Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-500lik ro’yxatidan o’rin olgan, 2023-yil yakunlari bo’yicha xalqaro QS-101 reytingda bo’lgan Amerika Qo’shma Shtatlarining eng nufuzli bo’lgan Saffolk universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

🦅 Xususan, joriy yilning 7-fevral kuni Nukus innovatsion instituti AQShning Saffolk universiteti vakillari o’rtasida onlayn muloqot bo’lib o’tdi. Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Alisher Yuldashev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi assistenti Durdona Bektoshevalar, shuningdek, Saffolk universiteti iqtisodiyot fakulteti professori Kristian Chilariu va PhD Rafael Chilochilar ishtirok etishib, ikkitomonlama muzokaralar olib borildi.

✔️ O‘tkazilgan suhbatdan ko‘zlanlangan asosiy maqsad, kelgusida Nukus innovatsion institutiga Saffolk universiteti professorlarini ma’ruza o’qishga taklif etish, pedagog xodimlar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, shuningdek, institut faoliyatida o’quv jarayonlari sifatini yuqori darajaga olib chiqish hamda xalqaro hamkorlik memorandumini imzolashdan iborat.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish