NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🦅 Joriy yilning 10-yanvar kuni Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar tahlili va kelgusi vazifalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgan edi (https://president.uz/uz/lists/view/6964).

🇺🇿 So‘nggi yetti yilda hududda misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Avvallari 15 ta tumandan 12 tasi dotatsiyada bo‘lgan Qoraqalpog‘iston bugungi kunga kelib, o‘z daromadiga ega bo‘lgan hududga aylandi. Xususan, 15 trillion so‘m investisiya hisobiga 5 ming 300 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Orol dengizining qurigan hududi o‘rnida 1 million 800 ming gektar yashil o‘rmonzor barpo etildi. 51 ming oilaning uy-joy sharoiti yaxshilandi, 401 ta mahallada qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Aholining turmush darajasi oshdi. Yig‘ilishda 2023-yilda qilingan ishlar ko‘rib chiqilib, 2024-yilga mo‘ljallangan vazifalar muhokama qilindi (https://t.me/shmirziyoyev/20309).

✅ Mazkur yig‘ilishdagi belgilab berilgan vazifalar va topshiriqlar yuzasidan Nukus innovasion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich «O‘zbekiston24» telekanalining «Axborot 24» informatsion dasturi uchun intervyu berdi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish