NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿 🇰🇿 Bugun Qozog’iston Respublikasining Х. Do’smuhammedov nomidagi Atyrau davlat universiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori PhD, dots., Qarlig’ash Ashirxanova Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurdi.

🦅 Nufuzli xorijiy OTM vakilini Nukus innovatsion instiuti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich qabul qilib, har ikkala oliy ta’lim muassasalari o’rtasidagi hamkorlikning keyingi bosqichlari muhokama qilindi. Muzokaralar davomida institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Yuldashev Alisher Tursunbayevich, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i Damir Jumaniyazovlar ishtirok etishdi.

🇺🇿 Ushbu tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, Atyrau davlat universiteti hamda Nukus innovatsion instituti o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, tajriba almashish va professor-o’qituvchilar mobilligi bo’yicha seminar-trening kurslarini tashkil qilishdan iborat.

✅ Eslatib o’tamiz, Nukus innovatsion instiuti hamda Qozog’iston Respublikasining Atyrau davlat universiteti (https://asu.edu.kz/)o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo’lib, to’laqonli hamkor OTMlar hisoblanadi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish