NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿 🇰🇿 Bir muddat oldin Qozog’iston Respublikasining Х. Do’smuhammedov nomidagi Atyrau davlat universiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori PhD, dots., Qarlig’ash Ashirxanova Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik!

Ayni paytda nufuzli xorijiy OTM vakili Qarlig’ash Mashtayevnaning institutimizga safari davom etmoqda. Bugun
Qozog’iston Respublikasining Х. Do’smuhammedov nomidagi Atyrau davlat universiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori institutimiz talaba-yoshlari uchun o’zining dastlabki seminar-treningini o’tkazdi.

Unda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Yuldashev Alisher Tursunbayevich, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, Innovatsion texnologiyalar va biznes fakulteti dekani Konisbay Bekimbetov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Seminarda kommunikatsiyaning asosiy qoidalari, «Turkiye Burslari Scholarship» dasturi asosida Turkiya davlatidagi nufuzli OTMlarda o’qish uchun grand olish mavzularida batafsil ma’lumot berildi.

🇺🇿 Ma’lumot uchun, ushbu tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, Atyrau davlat universiteti hamda Nukus innovatsion instituti o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, tajriba almashish va professor-o’qituvchilar mobilligi bo’yicha seminar-trening kurslarini tashkil qilishdan iborat.

✅ Eslatib o’tamiz, Nukus innovatsion instiuti hamda Qozog’iston Respublikasining Atyrau davlat universiteti (https://asu.edu.kz/)o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo’lib, to’laqonli hamkor OTMlar hisoblanadi.

 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish