NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿 🇰🇿 Bir muddat oldin Qozog’iston Respublikasining Х. Do’smuhammedov nomidagi Atyrau davlat universiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori PhD, dots., Qarlig’ash Ashirxanova Nukus innovatsion institutiga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik

Ayni paytda nufuzli xorijiy OTM vakili Qarlig’ash Mashtayevnaning institutimizga safari davom etmoqda. Bugun Qozog’iston Respublikasining Х. Do’smuhammedov nomidagi Atyrau davlat universiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori institutimiz professor-o’qituvchilari uchun o’zining dastlabki seminar-treningini o’tkazdi.

Unda institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Yuldashev Alisher Tursunbayevich, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, Innovatsion texnologiyalar va biznes fakulteti dekani Konisbay Bekimbetov hamda professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Seminarda xalqaro nufuzli gazeta va jurnallar uchun ilmiy maqolalarni tayyorlash hamda ularni chop etish, institut ilmiy salohiyatini ko’tarishga hissa qo’shadigan ilmiy izlanishlarni olib borish mavzularida batafsil ma’lumot berildi.

🇺🇿 Ma’lumot uchun, ushbu tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad, Atyrau davlat universiteti hamda Nukus innovatsion instituti o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, tajriba almashish va professor-o’qituvchilar mobilligi bo’yicha seminar-trening kurslarini tashkil qilishdan iborat.

✅ Eslatib o’tamiz, Nukus innovatsion instiuti hamda Qozog’iston Respublikasining Atyrau davlat universiteti (https://asu.edu.kz/)o’rtasida o’zaro hamkorlik memorandumi imzolangan bo’lib, to’laqonli hamkor OTMlar hisoblanadi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish