NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

▪️Xabaringiz bor, Prezident Administratsiyasining 2024-yil 13-apreldagi 03-RA 1-5357 sonli topshirig’iga asosan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-apreldagi 122-sonli buyrug‘i ijrosini yuqori saviyada ta’minlash maqsadida «Ma’rifat ulashib» loyihasiga start berilgan.

▪️Shu munosabat bilan bugun Nukus innovatsion institutiga bir guruh atoqli yozuvchi va shoirlar; Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Kengesbay Karimov, «Amudaryo» jurnali bosh muharriri, Qoraqalpog’iston xalq shoiri Xalila Dauletnazarov hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Bobur Bobomurodlar tashrif buyurishdi.

▪️Mehmonlarni Nukus innovatsion instituti rahbariyati va ma’muriyati vakillari hamda professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar munosib ravishda kutib olishdi.

📃 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish