NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🇺🇿🇭🇹 Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-1000 talik ro’yxatidan o’rin olgan, 2023-yil yakunlari bo’yicha xalqaro QS-801 reytingda bo’lgan Slovakiya Respublikasining nufuzli Koshitse texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

🦅 Xususan, joriy yilning 19-fevral kuni Nukus innovasion instituti vakillari hamda Slovakiyaning Koshitse texnika universiteti vakillari o’rtasida onlayn muloqot bo’lib o’tdi. Unda Nukus innovatsion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Damir Jumaniyazov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi assistenti Durdona Bektoshevalar, shuningdek, Koshitse texnika universiteti professori Natasha Urbanchikovalar ishtirok etishib, ikkitomonlama muzokaralar olib borildi.

✔️ O‘tkazilgan suhbatdan ko‘zlanlangan asosiy maqsad, kelgusida Nukus innovatsion institutiga ushbu nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasasi professorlarini ma’ruza o’qishga taklif etish, pedagog xodimlar va talabalarning akademik mobilligini ta’minlash, shuningdek, institut faoliyatida o’quv jarayonlari sifatini yuqori darajaga olib chiqish hamda xalqaro hamkorlik memorandumini imzolashdan iborat.

🇺🇿 🇺🇸 Eslatib o’tamiz, bundan oldin Nukus innovatsion instituti Jahon reytingida TOP-500lik ro’yxatidan o’rin olgan, 2023-yil yakunlari bo’yicha xalqaro QS-101 reytingda bo’lgan Amerika Qo’shma Shtatlarining eng nufuzli bo’lgan Saffolk universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan edi

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Ro‘yxatdan o‘tish