NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

Nukus innovasion instituti jahon reytingida Top-500 likka kiradigan yana bir nufuzli xorijiy OTM – Malayziya texnika universiteti bilan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Bugun, 18-yanvar kuni har ikkala oliy ta’lim muassasalari rasmiy vakillari o’rtasida onlayn muloqot bo’lib o’tdi. Unda Nukus innovasion instituti rektori A’zamov Anvar Muzaffarovich, institutning O‘quv ishlari bo’yicha prorektori Shavkat Madraximov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Ajiniyaz Musagaliyev, Pedagogika va xorijiy tillar kafedrasi assistenti Durdona Bektoshevalar, shuningdek, Malayziya texnika universiteti Ilmiy fakulteti dekan muovini, doktor Firdaus, universitet professori, doktor Rosvanira Abdul Vaxablar ishtirok etishdi.

Muzokalar davomida kelgusida har ikkala OTM o’rtasida hamkorlik memarandumini imzolash, institutimiz professor-o‘qituvchilari tajriba va ko‘nikmalarini oshirish, pedagog va talabalar akademik mobilligi, shuningdek, institut faoliyatini yanada rivojlantirish kabi muhim masalalar ko’rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida OTMlar o’rtasida hamkorlik memarandumini imzolash, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar almashinuv dasturi yo’lga qo’yishga kelishib olindi.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish