NUKUS INNOVATSION INSTITUTI

Nukus

innovatsion

instituti

🔹Bugun Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston milliy kutubxonasi Qoraqalpog’iston Respublikasi axborot-kutubxona markazida 2024-yil — Oʻzbekistonda «Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili» munosabati bilan «Yoshlar ishbilarmonligi — davlatimiz kafolatida» mavzusida tadbirkorlar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

🇺🇿 Unda «Vkusno by Seva Nukus» oshpazlik markazi asoschisi Dilnoza Eshniyazova va Mehribon Xudaybergenovalar, Nukus innovatsion instituti tyutori Ahmed Baybulov hamda institutimiz talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

✅ Samimiy muloqot tarzida o’tkazilgan uchrashuvda institutimiz talaba-yoshlari tadbirkorlardan sohani qanday boshlash, ish jarayonida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xato va kamchiliklar, ishbilarmonlik sirlari kabi mavzularda batafsil ma’lumot olishdi.

📹 Tasvirchi va montaj ustasi — Erbol Jumabaev.

📝 Nukus innovatsion instituti Matbuot xizmati

Ro‘yxatdan o‘tish